Домой Блог Страница 10

SIGIRLARDA HOMILA YO‘LDOSHI USHLANIB QOLISHINING SABABLARIVA DAVOLASHNING ZAMONAVIY USULLARI

0

Аннотация
В статье приведены данные, что основным этиологическим факторам задержания последа у коров является несбалансированность рациона, необеспечение
потребности организма по питательным и энергетическим веществам в последние месяцы беременности,
а также гиподинамия. Консервативный метод отделение задержавшего последа является эффективными
по сравнение ручным методом отделения в результате
отмечается уменьшения осложнений болезней половых
органов.

Annotation
The article presents data that the main etiological
factors of retaining the placenta in cows are an imbalance
in the diet, failure to meet the body’s needs for nutrients and
energy substances in the last months of pregnancy, as well
as physical inactivity. The conservative method of separating
the retained placenta is effective in comparison with the
manual method of separation, as a result of which there is a
decrease in complications of diseases of the genital organs.

Kalit so‘zlar: karunkula, xorion parda, abort, mahsuldor hayvonlar, endometrit, homila gipotrofi yasi va gipoksiyasi, antibiotik, sulfanilamidlar, amnisiron.

Mavzuning dolzarbligi. Prezi dentimizning qator farmonlari va qarorlari asosida respublikamizda chorvachilikni jadal rivojlantirish, chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish va sifatini yaxshilashga erishish maqsadida chetdan yuqori mahsuldor hayvonlarni
keltirilishiga katta e’tibor berilmoqda. Mahsuldor sigirlarda akusher-ginekologik kasalliklar ko‘p qayd etilib, bu kasalliklar orasida homila yo‘ldoshi ushlanib qolishi kasalligi salmoqli o‘rinni egallaydi. Adabiyot ma’lumotlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, hozirgi kungacha respublikamiz qoramolchilik fermer xo‘jaliklari sharoitida sigirlarda homila yo‘ldoshining ushlanib qolishi va uning oqibatida kelib chiqadigan asoratlar, kasallikning sabablari to‘liq o‘rganilmagan, davolash va oldini olishning samarali usullari ishlab chiqilmagan. Bu o‘z navbatida kasallikni davolash va oldini olishning samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish dolzarb muammolardan ekanligini izohlaydi. Sigirlarda homila yo‘ldoshining ushlanib qolishi deganda tuqqandan keyingi 24 soat ichida ajralmasligi tushiniladi. Yo‘ldoshning o‘z vaqtida ajralmasligiga bachadonni yetarli darajada qisqarmasligi (bunday hol egizak homilada, ayniqsa sigirlarda), homila pardalari orasiga haddan tashqari ko‘p suyuqliklar to‘planishi, homilani juda katta bo‘lishi tufayli bachadonning cho‘zilib ketishi sabab bo‘ladi. Shuningdek, kuchanish

va to‘lg‘oq kuchsiz bo‘lganida ham yo‘ldosh ajralmay qoladi. Yo‘ldoshning ajralmay qolishi hayvonlarni yetarlicha oziqlantirmaslik, yoki aksincha, hayvonlar juda semirib ketganida ham kuzatiladi. Bundan tashqari, oziqa ratsionida vitamin va mineral tuzlar yetishmasligi ham yo‘ldoshning o‘z vaqtida ajralmasligiga sabab bo‘ladi [4]. Yo‘ldosh ushlanib qolishiga bug‘oz hayvonlarda vitaminlar yetishmasligi, ketoz kasalligi, mineral moddalar balansining buzulishi, oshqozon-ichak, yurak-qon tomir kasalliklari, shuningdek, sigirlarda ko‘p bolalik
natijasida ham kelib chiqadi [1].
B.M.Eshburiyev ma’lumotiga (2018) ko‘ra, ko‘pincha yangi tuqqan sigirlarga tuqqandan keyin suv berish chegaralanmaganda bachadonning shilliq pardasi shishadi, natijada so‘rg‘ichlar karunkulalarda tutilib qoladi va kuchanish to‘lg‘oq zo‘rayganda ham ajralmaydi. Yo‘ldosh yallig‘langanda ham xorion parda so‘rg‘ichlari shishib, ularning bachadon shilliq pardasiga yopishib qolishiga sabab bo‘ladi [4].
Ratsionda temir elementining yetishmasligi anemiya, gipovitaminozlar, homiladorlik toksikozining og‘ir kechishi, bola tashlash, homila vaznining kam bo‘lishi, ya’ni homilaning gipotrofi yasi va gipoksiyasi, yo‘ldoshning ushlanib qolishi, tug‘ruq davrining asoratli kechishi va gipolaktiyaga sabab bo‘lishi keltirilib o‘tilgan [5].

Hayvonlar uchun masion yetarli bo‘lmaganda bachadon bo‘shashib qoladi (atoniya) va bu holat yo‘ldoshni ushlanib qolishiga olib keladi. Yo‘ldosh ajralmasligiga hayvonning bo‘g‘ozlik davrida bachadonida paydo bo‘ladigan yallig‘lanish jarayonlari ham sabab bo‘lishi mumkin. Bunda shilliq parda shishadi, natijada so‘rg‘ichlar korunkulalarda tutilib qolib, kuchanish va to‘lg‘oq zo‘rayganda ham ular ajralmaydi. Yo‘ldosh yallig‘langanda ham xorion parda so‘rg‘ichlari shishib qoladi, bu esa ularning bachadon shilliq pardasiga mahkamroq yopishib qolishiga sabab bo‘ladi. Ba’zan bachadon bo‘ynining vaqtidan oldin yopilib qolishi yoki bo‘g‘ozlik rivojlanmagan bachadon shoxi
haddan tashqari kuchli qisqarganda, homila pardalarining shu shoxda qisilib qolishi tufayli ham yo‘ldosh ajralmay qoladi [4].
Sigirlarda homila yo‘ldoshining ushlanib qolishi asorati sifatida ko‘pincha endometrit, vaginit, tug‘ruqdan keyingi infeksiya va mastit rivojlanadi [2]. N.A.Flegmatov yo‘ldosh ajralmay qolganda miotonik ta’sir etuvchi (bachadon muskullarini qisqartiruvchi) homila oldi suyuqligidan foydalanishni tavsiya etadi. Buning uchun amnion pardasi yorilib, homila bachadondan chiqarilayotgan vaqtda homila oldi suvlari toza idishlarga olinadi va +3°C haroratda saqlanib, ko‘pi bilan 2-3 kun davomida ishlatiladi. Bu suyuqlik sigirlarga yo‘ldoshni ushlanib qolishida 3 litrdan 5-6 soat oralatib, 3-4 marta berilishi mumkin [4]. A.I.Yatusevich va boshqalar (2015) homila yo‘ldoshini konservativ usulda ajratib olishda bachadon bo‘shlig‘iga homila yo‘ldoshini chirishiga qarshi…

“O‘ZBEKISTONDA QISHLOQ XO‘JALIGI VA VETERINARIYA TA’LIMI:
SO‘NGI YUTUQLAR VA YANGICHA YONDASHUVLAR”

0

Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya “586000-EPP1-2017-PT-EPPKA2-CBHE-JP – BUZNET” loyihasining yakuniy monitoringi hisoblanib, anjumanda Yevropa Ittifoqi6 ta davlatining 10 ta universiteti vakillari, jumladan Portugaliyaning Portu, Italiyaning Piza va Padua shuningdek, Estoniyaning Tartu Amaliy bilimlar Universitetlarining professor-o‘qituvchilari, Samarqand viloyat hokimligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi, Toshkent Davlat Agrar Universiteti, Toshkent Davlat Agrar Universiteti Nukus va Samarqand fi liallari, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutidan mutasaddilar va olimlar ishtirok etdilar.
Xalqaro tadbirning asosiy maqsadi – rivojlangan mamlakatlarning oliy ta’lim va ishlab chiqarish kooperasiyasi sohasidagi tajribalarini o‘rganish, O‘zbekistonda chorvachilik, veterinariya sohasini rivojlantirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, shuningdek bu borada tajriba almashishdan iboratdir.
“BUZNET” (O‘zbekistonda veterinariya tarmog‘ida uyg‘unlashgan ta’lim – B-learning Uzbekistan Veterinary Network) xalqaro ta’lim loyihasi O‘zbekistonda chorvachilik va veterinariya sohasini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda ushbu sohada dunyo standartlariga javob beradigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.

Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya “586000-EPP1-2017-PT-EPPKA2-CBHE-JP – BUZNET” loyihasining yakuniy monitoringi hisoblanib, anjumanda Yevropa Ittifoqi6 ta davlatining 10 ta universiteti vakillari, jumladan Portugaliyaning Portu, Italiyaning Piza va Padua shuningdek, Estoniyaning Tartu Amaliy bilimlar Universitetlarining professor-o‘qituvchilari, Samarqand viloyat hokimligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi, Toshkent Davlat Agrar Universiteti, Toshkent Davlat Agrar Universiteti Nukus va Samarqand fi liallari, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutidan mutasaddilar va olimlar ishtirok etdilar. Xalqaro tadbirning asosiy maqsadi – rivojlangan mamlakatlarning oliy ta’lim va ishlab chiqarish kooperasiyasi sohasidagi tajribalarini o‘rganish, O‘zbekistonda chorvachilik, veterinariya sohasini rivojlantirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, shuningdek bu borada tajriba almashishdan iboratdir.

“BUZNET” (O‘zbekistonda veterinariya tarmog‘ida uyg‘unlashgan ta’lim – B-learning Uzbekistan Veterinary Network) xalqaro ta’lim loyihasi O‘zbekistonda chorvachilik va veterinariya sohasini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda ushbu sohada dunyo tandartlariga javob beradigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga qaratilgan…

ASALARI OILALARINI KICHIK UYA QO‘NG‘IZIDAN ASRAYLIK

0

Аннотация. В статье приведены сведения о вредителе пчелосемей -малом ульевом жуке, его географическом распространение в мире, результаты исследования
на обнаружения жука на некоторых пчелохозяйствах
трёх районов Самаркандской области.

Annotation. The article provides information about the
pest of bee colonies – a small hive beetle, its geographical distribution in the world, the results of research on the detection
of the beetle in some beekeeping farms in three districts of the
Samarkand region.

Kalit so‘zlar: Qo‘ng‘iz, uya, tuxum, lichinka, g‘umbak, oila, asalari, gul changi, perga, kana, hasharot, zararkunanda.

Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash natijasida, ayni paytda Respublikamizda asalarichilik xo‘jaliklari soni 415 taga yetdi va asalari oilalari sonini ko‘paytirish davom etmoqda [2]. Mavzunung dolzarbligi. Oxirgi yillarda zaharli moddalar, meteofaktorlar, mobil radio va yuqori elektro-to‘lqinlarning salbiy ta’sirida asalarilarning immun statusi pasayishi natijasida ularning kasalliklarga
chalinishlari kengaymoqda [3]. Bu albatta asalarichilar, soha mutaxassislari va ilmiy xodimlarning ma’suliyatini oshiradi, asalarichilik xo‘jaliklarida epizootologik tekshirilishi va tahlili, kasallik va o‘lim sababini aniqlash hamda kasalliklarni davolash, profi laktikasi va barham
berishga oid veterinariya-sanitariya chora-tadbirlarini doimiy amalga oshirib borish dolzarb vazifa hisoblanadi. Kichik uya qo‘ng‘izi (Aethina tumida) hasharotlar sinfi , qattiq qanotlilar turkumi, Nitidulidae oilasiga mansub. A.tumida qo‘ng‘izi dunyo bo‘ylab asal arichilikning jiddiy zararkunandasi sifatida tez tarqalmoqda. Shu bois, Xalqaro Epizootik Byuro (XEB) tomonidan 2003-yili №1398/2003 sonli qaror qabul qi lingan.
Unga ko‘ra, kichik uya qo‘ng‘izi aniqlangan holatlar yuzasidan mahalliy veterinariya xizmatini xabardor etish majburiyati belgilangan [4]. Qo‘ng‘izlarning voyaga yetgan erkaklari hajmi 5,12х3,21mm, urg‘ochisi 5,27х3,25mm, erkaklarni vazni 12,3 mg va urg‘ochisining og‘irli 14,2 mgga teng, qo‘zg‘atuvchilarning orqa tozcha oyoqlari keng yoyilgan, qanotlari usti kesilgandek bo‘lib, qorincha sini yopmaydi, rangi to‘q
jigar rangdan qoragacha (1-rasm). Qo‘ng‘izlarning 13 gaplotiplari mavjud, yosh qo‘ng‘izlar 13-16 km radiusga uchish qobiliyatiga ega.
Ushbu qo‘ng‘izning asalarilar oilasiga kirishi ular uchun varroa kanasi bilan zararlanishi kabi juda katta salbiy oqibatlarga olib keladi. Qo‘ng‘izning vatani – Afrika, Sahroi Kabir cho‘lidan janubga qarab, 1996- yili u AQSHning Janubiy Karolina hududida aniqlangan
va o‘sha paytdan buyon AQSHning bir nechta shtatlari va 4 yilda Kanadaga tarqalib ketgan. Ushbu qo‘ng‘iz Misrda, Avstraliya, Yevropa davlatla rida ham topildi.
AQSHning janubiy shtatlarida asalari oilalariga katta zarar yetkazdi. 1998-yili faqatgina qo‘ng‘izdan yetkazilgan zarar 3 mln dollarni tashkil etgan. Qo‘ng‘izning tarqalishi asalari paketlarini, mumli romkalarini va boshqalarni tashishda sodir bo‘ladi. Qo‘ng‘iz va uning qurtchalari ari uyasidan tashqarida va chirigan mevalarda ham yashaydi. Qo‘ng‘iz uzoq muddat ko‘payib borayotgan ari uyasida yashay oladi. Bu o‘z navbatida zararkunandani xavfl i darajaga olib chiqadi va boshqa qit’alarga ham ko‘chib borishini ta’minlaydi. Qo‘ng‘izning erkagi va urg‘ochisi arilarning uyasiga tirqishlardan kiradi va ko‘payish davrida uya tagiga hamda mum in katakchalariga oval shaklidagi oq rangli
1,4х0,26mm bo‘lgan 100 ga yaqin tuxumlarini qo‘yadi. Qisqa muddatda 50-60 ta tuxum qo‘yishi bois, 4-6 oyda 1000-2000 tuxum qo‘yishi aniqlangan. Tuxumlarini betartib ravishda qo‘yib ketaveradi. Tuxumdan chiqqan qurtchalari perga, asal va arilarning tuxumlari
bilan oziqlanadi, mum in katakchalarida yo‘llar qazadi va oziqa zahiralarini o‘zlarining chiqindilari bilan ifl oslantiradi (2-rasm). Bu o‘z navbatida, asalni aynishga olib keladi, u achiydi, shilimshiq bo‘lib qoladi va buziladi, achigan apelsinlarning hidiga ega bo‘ladi.
Qurtchalari, mum kuyasi qurtlaridan farqli o‘laroq, qornida oyoqlari bo‘lmaydi, lekin yelkasida ignalari bo‘ladi, uyasini tark etishadi va yerga tushib, ko‘miladi, yerda g‘umbakka aylanadi (3-rasm). G‘umbakdan chiqadigan qo‘ng‘izlar juda harakatchan bo‘lib, uzoq masofalarga ucha oladi, so‘ngra yana ari uyalariga kirib oladi [5]. Zararkunandaning tuxumdan qo‘ng‘iz bosqichiga rivojlanish davri 4 hafta davom etadi…

YOSH ITLARDA RAXIT KASALLIGINING ETIOLOGIYASI

0

Аннотация
В этой статье приведены данные об этиологии клинические признаки и особенности течения рахита (гиповитаминоза Д) у щенков.

Summary
Тhis article describez this causes and contraindications
of D hypovitaminosis in puppy fed in the conditions of livestock farming

Kalit so‘zlar: Raxit, osteodistrofi ya, kalsiy, fosfor, D vitamin, gipovitaminoz, kalsiferol, monokalsiyfosfat, ultrabinafsha
nurlar

Respublikamiz hududiga giyohvand moddalarning kirishini oldini olish, terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda aholi tinchligini saqlashda kinologiya va xizmat itlarining ahamiyati beqiyosdir. Ichki ishlar tizimiga qarashli pitomniklarda va Milliy kinologiya markazlaridagi xizmat itlarini saqlash, ular sonini ko‘paytirishda asosiy to‘sqinlik qiluvchi omillardan biri – itlarning o‘sish va rivojlanish davrida kuzatiladigan mineral va vitamin moddalar almashinuvining buzilishi, xususan, yosh itlarda uchraydigan Raxit (gipovitaminozD) kasalligi hisoblanadi. Mavzuning dolzarbligi. Adabiyot ma’lumotlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, hozirgi kunda Respublikamiz sharoitida yosh itlarning o‘sish davrida ular organizmida kechadigan vitamin-mineral moddalar almashinuvi buzilishlari, ayniqsa, raxit (Dgipovitaminoz) asalligining etiologik omillari, rivojlanish mehanizmi, simptomatikasi, ertachi tashhis qo‘yish, davolash va oldini olishning yangi zamonaviy usullari ishlab chiqilmagan.
Itlarning o‘sish davrida vitamin va mineral moddalar almashinuvi buzilishlari oqibatida suyak to‘qimasida dist rofi k o‘zgarishlar yuzaga keladi, natijada organizmda funksional o‘zgarishlar kelib chiqib, ularning ish qobiliyati pasayadi, harakat a’zolaridagi morfologik o‘zgarishlari juda qiyin tiklanadi. Shuning uchun organizmda vitamin va mineral moddalar almashinuvi buzilishlarini uning boshlang‘ich bosqichida, ya’ni organizmda kasallikning klinik belgilari paydo bo‘lmasdan oldin aniqlash va uning oldini olish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish veterinariya amaliyotidagi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Raxit yosh itlarda tayanch-harakat tizimidagi o‘zgarishlar bilan kechadi. Kasallikning asosiy sababi organizmda kalsiy-fosfor almashinuvining buzilishi va D vitaminning yetishmasligi hisoblanadi. Kasallik
asosan bir yoshgacha bo‘lgan yosh itlarda uchrab, organizmda kalsiy-fosfor almashinuvining buzilishi suyak
to‘qimasidagi distrofi k o‘zgarishlar, suyaklanish jarayonining kechikishi bilan xarakterlanadi…