Домой Блог Страница 11

ASALARI OILALARINI KICHIK UYA QO‘NG‘IZIDAN ASRAYLIK

0

Аннотация. В статье приведены сведения о вредителе пчелосемей -малом ульевом жуке, его географическом распространение в мире, результаты исследования
на обнаружения жука на некоторых пчелохозяйствах
трёх районов Самаркандской области.

Annotation. The article provides information about the
pest of bee colonies – a small hive beetle, its geographical distribution in the world, the results of research on the detection
of the beetle in some beekeeping farms in three districts of the
Samarkand region.

Kalit so‘zlar: Qo‘ng‘iz, uya, tuxum, lichinka, g‘umbak, oila, asalari, gul changi, perga, kana, hasharot, zararkunanda.

Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash natijasida, ayni paytda Respublikamizda asalarichilik xo‘jaliklari soni 415 taga yetdi va asalari oilalari sonini ko‘paytirish davom etmoqda [2]. Mavzunung dolzarbligi. Oxirgi yillarda zaharli moddalar, meteofaktorlar, mobil radio va yuqori elektro-to‘lqinlarning salbiy ta’sirida asalarilarning immun statusi pasayishi natijasida ularning kasalliklarga
chalinishlari kengaymoqda [3]. Bu albatta asalarichilar, soha mutaxassislari va ilmiy xodimlarning ma’suliyatini oshiradi, asalarichilik xo‘jaliklarida epizootologik tekshirilishi va tahlili, kasallik va o‘lim sababini aniqlash hamda kasalliklarni davolash, profi laktikasi va barham
berishga oid veterinariya-sanitariya chora-tadbirlarini doimiy amalga oshirib borish dolzarb vazifa hisoblanadi. Kichik uya qo‘ng‘izi (Aethina tumida) hasharotlar sinfi , qattiq qanotlilar turkumi, Nitidulidae oilasiga mansub. A.tumida qo‘ng‘izi dunyo bo‘ylab asal arichilikning jiddiy zararkunandasi sifatida tez tarqalmoqda. Shu bois, Xalqaro Epizootik Byuro (XEB) tomonidan 2003-yili №1398/2003 sonli qaror qabul qi lingan.
Unga ko‘ra, kichik uya qo‘ng‘izi aniqlangan holatlar yuzasidan mahalliy veterinariya xizmatini xabardor etish majburiyati belgilangan [4]. Qo‘ng‘izlarning voyaga yetgan erkaklari hajmi 5,12х3,21mm, urg‘ochisi 5,27х3,25mm, erkaklarni vazni 12,3 mg va urg‘ochisining og‘irli 14,2 mgga teng, qo‘zg‘atuvchilarning orqa tozcha oyoqlari keng yoyilgan, qanotlari usti kesilgandek bo‘lib, qorincha sini yopmaydi, rangi to‘q
jigar rangdan qoragacha (1-rasm). Qo‘ng‘izlarning 13 gaplotiplari mavjud, yosh qo‘ng‘izlar 13-16 km radiusga uchish qobiliyatiga ega.
Ushbu qo‘ng‘izning asalarilar oilasiga kirishi ular uchun varroa kanasi bilan zararlanishi kabi juda katta salbiy oqibatlarga olib keladi. Qo‘ng‘izning vatani – Afrika, Sahroi Kabir cho‘lidan janubga qarab, 1996- yili u AQSHning Janubiy Karolina hududida aniqlangan
va o‘sha paytdan buyon AQSHning bir nechta shtatlari va 4 yilda Kanadaga tarqalib ketgan. Ushbu qo‘ng‘iz Misrda, Avstraliya, Yevropa davlatla rida ham topildi.
AQSHning janubiy shtatlarida asalari oilalariga katta zarar yetkazdi. 1998-yili faqatgina qo‘ng‘izdan yetkazilgan zarar 3 mln dollarni tashkil etgan. Qo‘ng‘izning tarqalishi asalari paketlarini, mumli romkalarini va boshqalarni tashishda sodir bo‘ladi. Qo‘ng‘iz va uning qurtchalari ari uyasidan tashqarida va chirigan mevalarda ham yashaydi. Qo‘ng‘iz uzoq muddat ko‘payib borayotgan ari uyasida yashay oladi. Bu o‘z navbatida zararkunandani xavfl i darajaga olib chiqadi va boshqa qit’alarga ham ko‘chib borishini ta’minlaydi. Qo‘ng‘izning erkagi va urg‘ochisi arilarning uyasiga tirqishlardan kiradi va ko‘payish davrida uya tagiga hamda mum in katakchalariga oval shaklidagi oq rangli
1,4х0,26mm bo‘lgan 100 ga yaqin tuxumlarini qo‘yadi. Qisqa muddatda 50-60 ta tuxum qo‘yishi bois, 4-6 oyda 1000-2000 tuxum qo‘yishi aniqlangan. Tuxumlarini betartib ravishda qo‘yib ketaveradi. Tuxumdan chiqqan qurtchalari perga, asal va arilarning tuxumlari
bilan oziqlanadi, mum in katakchalarida yo‘llar qazadi va oziqa zahiralarini o‘zlarining chiqindilari bilan ifl oslantiradi (2-rasm). Bu o‘z navbatida, asalni aynishga olib keladi, u achiydi, shilimshiq bo‘lib qoladi va buziladi, achigan apelsinlarning hidiga ega bo‘ladi.
Qurtchalari, mum kuyasi qurtlaridan farqli o‘laroq, qornida oyoqlari bo‘lmaydi, lekin yelkasida ignalari bo‘ladi, uyasini tark etishadi va yerga tushib, ko‘miladi, yerda g‘umbakka aylanadi (3-rasm). G‘umbakdan chiqadigan qo‘ng‘izlar juda harakatchan bo‘lib, uzoq masofalarga ucha oladi, so‘ngra yana ari uyalariga kirib oladi [5]. Zararkunandaning tuxumdan qo‘ng‘iz bosqichiga rivojlanish davri 4 hafta davom etadi…

YOSH ITLARDA RAXIT KASALLIGINING ETIOLOGIYASI

0

Аннотация
В этой статье приведены данные об этиологии клинические признаки и особенности течения рахита (гиповитаминоза Д) у щенков.

Summary
Тhis article describez this causes and contraindications
of D hypovitaminosis in puppy fed in the conditions of livestock farming

Kalit so‘zlar: Raxit, osteodistrofi ya, kalsiy, fosfor, D vitamin, gipovitaminoz, kalsiferol, monokalsiyfosfat, ultrabinafsha
nurlar

Respublikamiz hududiga giyohvand moddalarning kirishini oldini olish, terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda aholi tinchligini saqlashda kinologiya va xizmat itlarining ahamiyati beqiyosdir. Ichki ishlar tizimiga qarashli pitomniklarda va Milliy kinologiya markazlaridagi xizmat itlarini saqlash, ular sonini ko‘paytirishda asosiy to‘sqinlik qiluvchi omillardan biri – itlarning o‘sish va rivojlanish davrida kuzatiladigan mineral va vitamin moddalar almashinuvining buzilishi, xususan, yosh itlarda uchraydigan Raxit (gipovitaminozD) kasalligi hisoblanadi. Mavzuning dolzarbligi. Adabiyot ma’lumotlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, hozirgi kunda Respublikamiz sharoitida yosh itlarning o‘sish davrida ular organizmida kechadigan vitamin-mineral moddalar almashinuvi buzilishlari, ayniqsa, raxit (Dgipovitaminoz) asalligining etiologik omillari, rivojlanish mehanizmi, simptomatikasi, ertachi tashhis qo‘yish, davolash va oldini olishning yangi zamonaviy usullari ishlab chiqilmagan.
Itlarning o‘sish davrida vitamin va mineral moddalar almashinuvi buzilishlari oqibatida suyak to‘qimasida dist rofi k o‘zgarishlar yuzaga keladi, natijada organizmda funksional o‘zgarishlar kelib chiqib, ularning ish qobiliyati pasayadi, harakat a’zolaridagi morfologik o‘zgarishlari juda qiyin tiklanadi. Shuning uchun organizmda vitamin va mineral moddalar almashinuvi buzilishlarini uning boshlang‘ich bosqichida, ya’ni organizmda kasallikning klinik belgilari paydo bo‘lmasdan oldin aniqlash va uning oldini olish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish veterinariya amaliyotidagi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Raxit yosh itlarda tayanch-harakat tizimidagi o‘zgarishlar bilan kechadi. Kasallikning asosiy sababi organizmda kalsiy-fosfor almashinuvining buzilishi va D vitaminning yetishmasligi hisoblanadi. Kasallik
asosan bir yoshgacha bo‘lgan yosh itlarda uchrab, organizmda kalsiy-fosfor almashinuvining buzilishi suyak
to‘qimasidagi distrofi k o‘zgarishlar, suyaklanish jarayonining kechikishi bilan xarakterlanadi…