Аннотация
В статье приведены данные, что основным этиологическим факторам задержания последа у коров является несбалансированность рациона, необеспечение
потребности организма по питательным и энергетическим веществам в последние месяцы беременности,
а также гиподинамия. Консервативный метод отделение задержавшего последа является эффективными
по сравнение ручным методом отделения в результате
отмечается уменьшения осложнений болезней половых
органов.

Annotation
The article presents data that the main etiological
factors of retaining the placenta in cows are an imbalance
in the diet, failure to meet the body’s needs for nutrients and
energy substances in the last months of pregnancy, as well
as physical inactivity. The conservative method of separating
the retained placenta is effective in comparison with the
manual method of separation, as a result of which there is a
decrease in complications of diseases of the genital organs.

Kalit so‘zlar: karunkula, xorion parda, abort, mahsuldor hayvonlar, endometrit, homila gipotrofi yasi va gipoksiyasi, antibiotik, sulfanilamidlar, amnisiron.

Mavzuning dolzarbligi. Prezi dentimizning qator farmonlari va qarorlari asosida respublikamizda chorvachilikni jadal rivojlantirish, chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish va sifatini yaxshilashga erishish maqsadida chetdan yuqori mahsuldor hayvonlarni
keltirilishiga katta e’tibor berilmoqda. Mahsuldor sigirlarda akusher-ginekologik kasalliklar ko‘p qayd etilib, bu kasalliklar orasida homila yo‘ldoshi ushlanib qolishi kasalligi salmoqli o‘rinni egallaydi. Adabiyot ma’lumotlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, hozirgi kungacha respublikamiz qoramolchilik fermer xo‘jaliklari sharoitida sigirlarda homila yo‘ldoshining ushlanib qolishi va uning oqibatida kelib chiqadigan asoratlar, kasallikning sabablari to‘liq o‘rganilmagan, davolash va oldini olishning samarali usullari ishlab chiqilmagan. Bu o‘z navbatida kasallikni davolash va oldini olishning samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish dolzarb muammolardan ekanligini izohlaydi. Sigirlarda homila yo‘ldoshining ushlanib qolishi deganda tuqqandan keyingi 24 soat ichida ajralmasligi tushiniladi. Yo‘ldoshning o‘z vaqtida ajralmasligiga bachadonni yetarli darajada qisqarmasligi (bunday hol egizak homilada, ayniqsa sigirlarda), homila pardalari orasiga haddan tashqari ko‘p suyuqliklar to‘planishi, homilani juda katta bo‘lishi tufayli bachadonning cho‘zilib ketishi sabab bo‘ladi. Shuningdek, kuchanish

va to‘lg‘oq kuchsiz bo‘lganida ham yo‘ldosh ajralmay qoladi. Yo‘ldoshning ajralmay qolishi hayvonlarni yetarlicha oziqlantirmaslik, yoki aksincha, hayvonlar juda semirib ketganida ham kuzatiladi. Bundan tashqari, oziqa ratsionida vitamin va mineral tuzlar yetishmasligi ham yo‘ldoshning o‘z vaqtida ajralmasligiga sabab bo‘ladi [4]. Yo‘ldosh ushlanib qolishiga bug‘oz hayvonlarda vitaminlar yetishmasligi, ketoz kasalligi, mineral moddalar balansining buzulishi, oshqozon-ichak, yurak-qon tomir kasalliklari, shuningdek, sigirlarda ko‘p bolalik
natijasida ham kelib chiqadi [1].
B.M.Eshburiyev ma’lumotiga (2018) ko‘ra, ko‘pincha yangi tuqqan sigirlarga tuqqandan keyin suv berish chegaralanmaganda bachadonning shilliq pardasi shishadi, natijada so‘rg‘ichlar karunkulalarda tutilib qoladi va kuchanish to‘lg‘oq zo‘rayganda ham ajralmaydi. Yo‘ldosh yallig‘langanda ham xorion parda so‘rg‘ichlari shishib, ularning bachadon shilliq pardasiga yopishib qolishiga sabab bo‘ladi [4].
Ratsionda temir elementining yetishmasligi anemiya, gipovitaminozlar, homiladorlik toksikozining og‘ir kechishi, bola tashlash, homila vaznining kam bo‘lishi, ya’ni homilaning gipotrofi yasi va gipoksiyasi, yo‘ldoshning ushlanib qolishi, tug‘ruq davrining asoratli kechishi va gipolaktiyaga sabab bo‘lishi keltirilib o‘tilgan [5].

Hayvonlar uchun masion yetarli bo‘lmaganda bachadon bo‘shashib qoladi (atoniya) va bu holat yo‘ldoshni ushlanib qolishiga olib keladi. Yo‘ldosh ajralmasligiga hayvonning bo‘g‘ozlik davrida bachadonida paydo bo‘ladigan yallig‘lanish jarayonlari ham sabab bo‘lishi mumkin. Bunda shilliq parda shishadi, natijada so‘rg‘ichlar korunkulalarda tutilib qolib, kuchanish va to‘lg‘oq zo‘rayganda ham ular ajralmaydi. Yo‘ldosh yallig‘langanda ham xorion parda so‘rg‘ichlari shishib qoladi, bu esa ularning bachadon shilliq pardasiga mahkamroq yopishib qolishiga sabab bo‘ladi. Ba’zan bachadon bo‘ynining vaqtidan oldin yopilib qolishi yoki bo‘g‘ozlik rivojlanmagan bachadon shoxi
haddan tashqari kuchli qisqarganda, homila pardalarining shu shoxda qisilib qolishi tufayli ham yo‘ldosh ajralmay qoladi [4].
Sigirlarda homila yo‘ldoshining ushlanib qolishi asorati sifatida ko‘pincha endometrit, vaginit, tug‘ruqdan keyingi infeksiya va mastit rivojlanadi [2]. N.A.Flegmatov yo‘ldosh ajralmay qolganda miotonik ta’sir etuvchi (bachadon muskullarini qisqartiruvchi) homila oldi suyuqligidan foydalanishni tavsiya etadi. Buning uchun amnion pardasi yorilib, homila bachadondan chiqarilayotgan vaqtda homila oldi suvlari toza idishlarga olinadi va +3°C haroratda saqlanib, ko‘pi bilan 2-3 kun davomida ishlatiladi. Bu suyuqlik sigirlarga yo‘ldoshni ushlanib qolishida 3 litrdan 5-6 soat oralatib, 3-4 marta berilishi mumkin [4]. A.I.Yatusevich va boshqalar (2015) homila yo‘ldoshini konservativ usulda ajratib olishda bachadon bo‘shlig‘iga homila yo‘ldoshini chirishiga qarshi…