Narziyev Baxtiyor Daliyevich,v.f.n, professor, ilmiy rahbar,
Zayniddinov Bahriddin Husniddin o‘g‘li, magistrant,
Bekmuratov Kurbanbay Raxat uli, magistrant,
Jabborov Abbosjon G‘aff orjonovich, assistent,
SamDVMCHBU
Аннотация
В данной статье представлены результаты научных ис-
следований, проведенных по лечению выпадение влагалища, являющегося одним из заболеваний репродуктивных органов собак, помимо консервативных методов, приведен оперативный
метод, лечения и техника операции.
Abstract
This article presents the results of scientifi c research conducted
on the treatment of vaginal prolapse, which is one of the diseases of the reproductive organs of dogs, in addition to conservative methods, surgical treatment and surgical techniques.
Kalit so‘zlar. vagina, Molos guruhi itlari, bulldog, furatsillin, Shmiden-Lamber choki, infi ltratsion anesteziya.
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz sarhadlarida tinchlik va osoyishtalikni saqlash, terrorizm, qurol va portlovchi moddalar hamda narkotiklarning respublikamiz hududiga kirishining oldini olish, jinoyatchilik va aholi tinchligini saqlashda kuch salohiyatiga ega strukturalarda kinologiya va xizmat itlarining vazifalari beqiyosdir. Bugungi kunda mamlakatimizning qurolli kuchlari chegara qo‘shinlarida, bojxona xizmatida, davlat xavfsizligi xizmatlarida, respublika va viloyat IIB hamda favqulotda xizmatlar vazirliklarida kinologiya xizmatlari va kinologiya pitomniklari tashkil etilgan bo‘lib, ularda xizmat itlarini ko‘paytirish, o‘rgatish va xizmat xususiyatlarini oshirish bo‘yicha tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, kuch salohiyatiga ega bo‘lgan strukturalarning
xizmat itlari va aholi qaramog‘ida saqlanadigan itlarning salomatligini saqlash, kasalliklarini davolash va oldini olish hamda insonlarni zooantroponoz kasalliklardan himoya qilish veterinariya mutaxassislarining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi [1,7]. Veterinariya meditsinasi amaliyotida urg‘ochi itlar qin devorining giperplaziyasi kabi asorat bilan bog‘liq bo‘lgan itlarda qinning chiqib qolishi yoki eversiyasi holatlari ko‘p uchraydi. Ular Osiyo va Kavkaz ovcharkalari, fransuz buldoglari va Molos guruhining itla riga tashqi o‘xshashlik belgilariga ega bo‘lgan itlarda qayd etilgan. Ko‘pincha bu patologiya yosh itlarda birinchi yoki ikkinchi kuyikish davrida kuzatilgan [2,8].
Tadqiqot materiallari va usullar. Tadqiqotlar Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar
universiteti, Veterinariya jarrohligi va akusherlik kafedrasi qoshidagi veterinariya klinikasida, universitet vivariysida, Samarqand shahridagi aholi qaramog‘idagi itlarda o‘tkazildi. Tadqiqot obyekti sifatida klinikaga keltirilgan qinning chiqib qolishi bilan kasallangan itlar va ularning
qon namunalari olindi. Tadqiqotning maqsadi itlarda qin chiqishining aniq va erta tashxis usullarini qo‘llash va etiopatogenezini o‘rganish, kasallikning davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
Olingan natijalar tahlili. Qinning chiqib qolishi bo‘yicha olib borilgan tajribalar va itlarda qin chiqib qolishining tarqalishi bo‘yicha o‘tkazilgan dispanserlash natijasida mamlakatimizda itlar orasida bu kasallikning uchrashi yosh itlarda, asosan birinchi va ikkinchi kuyikish vaqtida kuzatilib, eng ko‘p kasallanish 1 yoshli itlarda qayd etildi. Qini chiqib qolgan itlarning 70-75% i hayoti davomida umuman tug‘magan yoki bir marta tuqqan itlar ekanligi klinik tekshirishlar va anamnez ma’lumotlarida o‘z isbotini topdi [1,9].
Urg‘ochi itlarda uchraydigan qin giperplaziyasi va uning chiqishi kasalligi asosan itlarning kuyikish davrida yuzaga keladi. Itlarda fiziologik holatda kuyikish davri 12-20 kunni tashkil etib, bu jarayon ikki bosqichdan: proesterus va metesterus davrlaridan iborat. Ushbu jarayonda organizmda ishlab chiqariladigan jinsiy gormonlar miqdori hamda uni stimullovchi boshqa gormonlarning faoliyatiga bog‘liq bo‘lib, proesterus, ya’ni jinsiy kuyikishning boshlanish davrida, itlar qini shilliq pardalaridan qizil rangli qonsimon suyuqlik oqishi bilan xarakterlanadi. Kasallikning asosiy etiologik omili sifatida urg‘ochilik jinsiy gormonlari konsentrasiyasi ning yuqori bo‘lishi natijasida kuyikishning proesterus davrida qin dahlizi devori muskullarining gipertonusi, giperemiyasi va shilliq suyuqliklar bilan bo‘kishi, qizarishi, shishi yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birgalikda kasallik itlarning saqlash, oziqlantirish sharoiti va matsion darajasiga ham bog‘liq holatda rivojlanadi [1,11].
Veterinariya jarrohligi va akusherlik kafedrasi qoshidagi klinikaga Samarqand shahar aholisi qaramog‘idagi itlarda qinning chiqib qolishi kuzatilgan itlarda konservativ usulda davolash choralari foyda bermaganda operatsiya qilib davolandi.
Anatomo-topografik ma’lumotlar. Qin (vagina) muskul nayi ko‘rinishidagi toq organ bo‘lib, itlarda ancha uzun, ya’ni qin dahliziga nisbatan ikki barobar uzun bo‘lib, qinning shilliq pardasi bo‘ylama muskullarga yig‘ilgan. Qin devori shilliq parda, muskul qavat va zardob parda yoki biriktiruvchi to‘qimali adventitsiyadan tuzilgan. Shilliq pardasi ko‘p qavatli yassi epiteliy to‘qimadan tashkil topgan va chuqur
bo‘ylama burmalarga yig‘ilgan bo‘ladi. Muskul qavati silliq muskul tolalarining ichki aylana va tashqi bo‘ylama tutamlaridan iborat. Faqatgina qinning oldingi qismi zardob parda bilan, qolgan hamma qismi biriktiruvchi to‘qimali adventitsiya bilan qoplangan [ 3].
Ko‘rsatma. Itlarda qinning chiqib qolishi (inversio vaginae s prolapses vaginaea) ikki xil: qin devorining qisman chiqib qolishi hamda qinning to‘liq chiqishi ko‘rinishida bo‘ladi. Qinning qisman chiqishida konservativ usullar samara berishi mumkin ammo, to‘liq chiqib qolishda operatsiya qilish zarur bo‘ladi [4,6].
Fiksatsiya. It tishlashining oldini olish uchun ularning tumshug‘iga kiygiziladigan maxsus burundiq (namordnik) kiygizilib, uni og‘zini dokali bint bilan bog‘lanadi. Birinchi bo‘lib bintni oddiy tuguni jag‘ oralig‘ida, keyin uning uchlarini bir marta aylantirib, ensa tomonga qarab to‘g‘rilaydi va ularning uchlarini bir-biriga ilmoqchali qilib bog‘lanadi. Undan so‘ng itni operatsiya stoliga yon tomoni bilan yotqiziladi [5].
Tayyorgarlik. Qin devorining tashqariga chiqib qolgan qismi furatsillinning 1:5000 nisbatdagi eritmasi bilan yuviladi va yodning spirtdagi eritmasi bilan dezinfeksiya qilinadi (1-rasm).
O‘g‘riqsizlantirish. Itlarda dastlab premedikatsiya qo‘llaniladi. Premedikatsiya – narkozdan 15-20 minut oldin itning katta kichikligiga qarab 0,1% li atropin eritmasi 0,5-5 ml miqdorda teriostiga yoki muskul orasiga yuboriladi. Shundan keyin 2,5% li aminazin eritmasidan har 10 kg tirik vaznga 1 ml miqdorida va unga 1 ml “Xyla” preparatidan qo‘shib yuboriladi. Bundan tashqari 0,5 % li novakain eritmasi bilan infi ltratsion og‘riqsizlantirish olib boriladi [5,10].
Operatsiya texnikasi. Qinning tashqariga chiqqan qismida yaxshilab dezinfeksiya o‘tkazilgach, siydik yo‘liga toza steril kateter yuboriladi. Bu bilan siydik pufagini bo‘shatiladi va operatsiya vaqtida ortiqcha noqulayliklarni bartaraf etiladi, so‘ng qin juda shishgan bo‘lsa qinning chiqib qolgan qismini 10-15 daqiqa massaj qilish yo‘li bilan uning yumshashiga erishiladi. Shundan so‘ng 0.5 % li novakain eritmasi bilan infi ltratsion anesteziya o‘tkaziladi va xirurgik qaychi yordamida qin devori ohistalik bilan aylanasimon qisqartirilib boriladi (3-rasm). E’tiborli jihati shundan iboratki, qin devorining ortiqcha chiqib qolgan qismi kesilishi bilan darhol jarohatga Shmiden choki qo‘yib borilishi maqsadga muvofi qdir (4-rasm). Aks holda, hayvon juda ko‘p miqdorda qon yo‘qotishi va operatsiya muvaff aqiyatsiz yakunlanishi mumkin. Shmiden chokidan qo‘yilgach, Lamber choki ham qo‘yiladi va choklarning mustahkam ekanligiga ishonch hosil qilish lozim. Qin devorining ortiqcha qismi olib tashlangach, barmoq yordamida o‘z joyiga kirgiziladi va uning to‘g‘ri joylashganligi barmoqlar yordamida tekshiriladi.
Klinikaga keltirilgan 6 bosh qini to‘liq chiqib qolgan itni ikkita guruhga (3 boshdan) ajratib olib operatsiya usulida davolanganidan so‘ng birinchi guruh itlarga operatsiyadan keyingi davolash kursi sifatida vikasol preparatidan 1 ml, 10% li gentamitsin preparatidan 1 ml dan 5 kun mobaynida va qin devoriga surtish uchun sintomitsin malhamidan kuniga 2 mahal 7 kun mobaynida tavsiya qilindi va ushbu itlarning
qinidagi jarohat 10 kunda to‘liq bitganligi aniqlandi.
Ikkinchi guruh itlarga ham xuddi birinchi guruhdagi itlari dagidek davolash sxemasi qo‘llanildi, faqat sintomitsin malhamining o‘rniga levomikol malhami qo‘llanildi. Buning natijasida itlar jarohatining tuzalish vaqti 15 kunni tashkil qildi. Ikkala holatda ham itlar ma’lum vaqtdan so‘ng kuyikishga kelganligi va tug‘ish qobiliyatini saqlab qolganligi kuzatildi.
Xulosalar.
- Qinning chiqib qolishi itlarda birinchi kuyikish davrida kuzatiladi.
- Urg‘ochi itlarda qinning chiqib qolishi ularning reproduktiv salomatliga katta salbiy ta’sir ko‘rsatib, ulardan zot olishda qiyinchilik tug‘diradi.
- Itlar qinining chiqib qolishining oldini olish maqsadida ularni to‘g‘ri oziqlantirish, vaqtida sayr qildirish va semirib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish tavsiya etiladi.
- Itlarda qinning to‘liq chiqib qolishida qin devorining plastikasi operatsiyasini o‘tkazish yaxshi natija beradi.
- Operatsiya o‘tkazilgan itlar qinidagi jarohatni davolashda sintomitsin malhamidan foydalanish jarohatning bitish muddatini qisqartiradi.
- Narziyev.B.D. “Itlarda operatsiya jarayonida umumiy og‘riqsizlantirishni qo‘llash.” barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali, (2022) 2(1), 306-309.
- Cкубко О.Р., Xонин Г.А., Шушакова О.Н. Омский государственный аграрный университет имени П.А. Столыпина, Омск «Морфофункциональное обоснование парацервикальной блокады для лечения выпадения влагалища при гиперплазии его слизистой у собак».
- Dilmurodov N.B., Eshmatov G‘.X. “Hayvonlar anatomiyasi” O‘quv qo‘llanma, Toshkent 2018
- Eshburiyev B.M. “Veterinariya akusherligi” darslik, Toshkent 2018
- Рустамов Х.К., Оқбутаев Я.О., Нарзиев Б.Д. «Оператив хирургия», Самарқанд 1997
- Yulchiyev, J. B., & Narziyev, B. D. (2022). Infl uence of Sex Hormones in Dogs on the Development of Breast Tumors. International journal of biological engineering and agriculture, 1(5), 7-9.
- Ходжаев, А. Б., Нарзиев, Б. Д., & Юлчиев, Ж. Б. (2021). Влияние половых гормонов собак на развитие опухолей в Самаркандской области.
- Скубко Р. Омский государственный аграрный университет имени П.А. Столыпина, Омск «Способ внутриоперационной блокады тазового сплетения у домашних собаки и кошки».
- Юлчиев, Дж. Б., Мирсаидова Р. Р. (2021). Метод химической терапии опухолей молочной железы у собак в Самарканде. Американский журнал ветеринарных наук и открытий дикой природы , 3 (03), 15-18.
- Нарзиев, Б. Д., Бобоноров, О., & Расулова, Н. (2009). Самарқанд шаҳрида итлар орасида ўсмаларнинг тарқалиши ва уларнинг олдини олиш.“. Фермер ҳўжаликларини ривожлантириш истиқболлари” СамҚҲИ, 153-154
- Юлчиев, Ж. Б., & Мирсаидова, Р. Р. (2021). The changes of blood parameters in chemical terapy of breast tumors of dogs. Вестник Ветеринарии и Животноводства, 1(2).