Аннотация
В этой статье приведены данные об этиологии клинические признаки и особенности течения рахита (гиповитаминоза Д) у щенков.

Summary
Тhis article describez this causes and contraindications
of D hypovitaminosis in puppy fed in the conditions of livestock farming

Kalit so‘zlar: Raxit, osteodistrofi ya, kalsiy, fosfor, D vitamin, gipovitaminoz, kalsiferol, monokalsiyfosfat, ultrabinafsha
nurlar

Respublikamiz hududiga giyohvand moddalarning kirishini oldini olish, terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda aholi tinchligini saqlashda kinologiya va xizmat itlarining ahamiyati beqiyosdir. Ichki ishlar tizimiga qarashli pitomniklarda va Milliy kinologiya markazlaridagi xizmat itlarini saqlash, ular sonini ko‘paytirishda asosiy to‘sqinlik qiluvchi omillardan biri – itlarning o‘sish va rivojlanish davrida kuzatiladigan mineral va vitamin moddalar almashinuvining buzilishi, xususan, yosh itlarda uchraydigan Raxit (gipovitaminozD) kasalligi hisoblanadi. Mavzuning dolzarbligi. Adabiyot ma’lumotlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, hozirgi kunda Respublikamiz sharoitida yosh itlarning o‘sish davrida ular organizmida kechadigan vitamin-mineral moddalar almashinuvi buzilishlari, ayniqsa, raxit (Dgipovitaminoz) asalligining etiologik omillari, rivojlanish mehanizmi, simptomatikasi, ertachi tashhis qo‘yish, davolash va oldini olishning yangi zamonaviy usullari ishlab chiqilmagan.
Itlarning o‘sish davrida vitamin va mineral moddalar almashinuvi buzilishlari oqibatida suyak to‘qimasida dist rofi k o‘zgarishlar yuzaga keladi, natijada organizmda funksional o‘zgarishlar kelib chiqib, ularning ish qobiliyati pasayadi, harakat a’zolaridagi morfologik o‘zgarishlari juda qiyin tiklanadi. Shuning uchun organizmda vitamin va mineral moddalar almashinuvi buzilishlarini uning boshlang‘ich bosqichida, ya’ni organizmda kasallikning klinik belgilari paydo bo‘lmasdan oldin aniqlash va uning oldini olish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish veterinariya amaliyotidagi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Raxit yosh itlarda tayanch-harakat tizimidagi o‘zgarishlar bilan kechadi. Kasallikning asosiy sababi organizmda kalsiy-fosfor almashinuvining buzilishi va D vitaminning yetishmasligi hisoblanadi. Kasallik
asosan bir yoshgacha bo‘lgan yosh itlarda uchrab, organizmda kalsiy-fosfor almashinuvining buzilishi suyak
to‘qimasidagi distrofi k o‘zgarishlar, suyaklanish jarayonining kechikishi bilan xarakterlanadi…